O‘zbekistonda yugurishga bag‘ishlangan birinchi elektron platforma ishga tushirildi

E’lon qilingan sana· 461
O‘zbekistonda yugurishga bag‘ishlangan birinchi elektron platforma ishga tushirildi

UZINFOCOM kompaniyasi Yengil Atletika Federatsiyasi bilan hamkorlikda “Yugur.uz” — O‘zbekistondagi yugurishga bag‘ishlangan birinchi elektron platformani ishga tushirdi.

Qayd etilishicha, “Yugur.uz” xalqaro va respublika boʻylab yugurish musobaqalarini tashkil etish imkoniyatlarini yaratib beradi, onlayn ro‘yxatdan o‘tish jarayonini soddalashtiradi, natijalarni belgilash va ularni kuzatish imkoniyatini taqdim etadi. Ma’lumotlarga koʻra, hozirda platformada 19500 dan ortiq akkaunt, 30 ta yugurish tadbiri va 6700 ga yaqin ishtirokchi ro‘yxatdan o‘tgan.

Ma’lumot uchun, 2024-yil 9-oktyabrdan 30-noyabrgacha Oʻzbekistonning 14 shahrida “Talaba-Yugur” musobaqalari o‘tkazilmoqda. Unga oliy o‘quv yurtlari talabalari, yoshlar va o‘qituvchilar taklif qilinadi.

Avvalroq Afisha.uz saytida Toshkentda yugurish mumkin boʻlgan 7 ta marshrut haqida maqola e’lon qilingandi.