Va nihoyat! Toshkentda issiqlik ta'minoti qachon yoqilishi e'lon qilindi

Poytaxtda 7-noyabrdan boshlab iste’molchilarni issiqlik energiyasi bilan ta’minlash boshlanadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, Toshkent shahar hokimining qaroriga asosan, markazlashgan issiqlik ta’minotidan foydalanuvchi iste’molchilarni issiqlik bilan ta’minlash maqsadida, 5-noyabr soat 00:00 dan boshlab issiqlik manbalaridan issiqlik muhitining aylanma harakati yo‘lga qo‘yiladi.
Muvofiq ravishda, 7-noyabrdan boshlab issiqlik energiyasi bilan bosqichma-bosqich ta’minlash ishlari boshlanadi.
Shuningdek, hokimlik turar-joy yoki muassasada issiqlik ta’minoti yoqilishi jarayonida biror-bir muammo va nosozliklar aniqlansa, 1055 yoki 71 210−01−87, 71 210−01−41, 71 210−01−11, 71 210−01−63 raqamlariga yoki ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga murojaat qilishni soʻradi.