Ecopark yaqinidagi ko‘chalar rekonstruksiyadan so‘ng ochiladi

Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi O‘zbekiston ovozi va Hamid Olimjon ko‘chalarining bir qismida qurilish-ta'mirlash ishlarining birinchi bosqichi yakunlangani haqida xabar berdi.
Ayni paytda kommunikatsiyalar, asfalt qoplama va drenaj tizimlarini yangilash, granit plitkalar yotqizish ishlari olib borilmoqda.
Ekopark yaqinidagi ko‘chalarni keng ko‘lamli o‘zgarishlar kutmoqda. Unga koʻra veloyo‘laklari bilan birlashib ketgan tor yo‘laklar o‘rniga qo‘shimcha piyodalar yo‘laklari boʻlgan keng piyodalar maydoni tashkil qilinadi. Shuningdek, to‘laqonli alohida velosiped yo‘lakchasi va mashinalar uchun parallel to‘xtash joylari barpo etiladi.
Ko‘chaning o‘rtasida, hatto bir tomonlama qismida ham butalari bo‘lgan ajratgich bo‘ladi. Bu haydovchilarga hozirgidek noto‘g‘ri to‘xtab turish, qarama-qarshi yo‘lakka chiqish va mashinani qatnov qismida qoldirish imkonini bermaydi. Turar joylarga kirib-chiqish imkoniyati saqlanib qoladi, ammo bu haydovchilarga hozirgi vaqtda kuzatilayotgan kabi mashinalarini duch kelgan joyda tashlab ketish imkonini bermaydigan kenglikda bo‘ladi.
Bog‘ oldidagi asfalt maydonda qo‘shimcha ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib boriladi, kichik me’moriy shakllar, skameykalar paydo bo‘ladi, taksi uchun yo‘lak qo‘shiladi, u yerda mijozlarni kutish mumkin bo‘ladi.