Stomatologiya instituti yonidagi yondosh yoʻl bir oyga yopildi
E’lon qilingan sana: · 1 343

Yashnobod tumanida Kichik halqa avtomobil yoʻlining Maxtumquli koʻchasi bilan kesishmasidagi yondosh yoʻl qismi bir oyga barcha harakat ishtirokchilari uchun yopildi.
Yoʻlning ushbu qismida 5-noyabrdan — 5-dekabrgacha ta’mirlash ishlari olib boriladi. Bu vaqt davomida mazkur yoʻl barcha, hatto piyodalar uchun ham yopiq boʻladi.
Hokimlik aholidan boshqa muqobil yoʻllardan foydalanishni soʻradi.