Xorazmdan Toshkentga 100 metrli bayroq "kelmoqda"
E’lon qilingan sana: · 471
Rekord darajadagi 100 metrli davlat bayrog‘i Xorazmdan Toshkent tomon yo‘lga chiqdi, deya xabar bermoqda AOKA Xorazm viloyati boshqarmasi axborot xizmati.
Mazkur tashabbus 18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan tashkil qilingan. Bayroq viloyat va shaharlararo transport vositalarida poytaxt tomon olib kelinadi. Alohida e'tiborga molik joylarda esa Oʻzbekiston bayrogʻi Milliy gvardiya harbiy xizmatcihlari tomonidan ochib, namoyish etiladi va oʻsha joylardan piyoda olib oʻtiladi.
15-noyabr kuni mazkur bayroq Buxoroning Ark qal’asidan olib o‘tilgan. 18-noyabr kuni esa Toshkent shahriga yetib keladi.