Toshkentda hafta davomida kuchli yomg‘ir yog‘adi

E’lon qilingan sana· 2 849
Toshkentda hafta davomida kuchli yomg‘ir yog‘adi

Toshkent shahrida 18−22 noyabr kunlari kuzatiladigan ob-havo maʼlumoti eʼlon qilindi.

Unga koʻra, dushanba kuni tushdan keyin biroz bulutli boʻlishi, havo harorati +18° gacha koʻtarilishi kutilmoqda. Ob-havo maʼlumotlariga koʻra, tunda Toshkentda kuchli yomgʻir yogʻadi. Shuningdek, havo harorati +9° gacha tushadi. Yomgʻir ehtimoli — 40%.

19-noyabr kuni ham kuchli yomg‘ir davom etadi. Harorat +17° gacha koʻtariladi. Yomgʻir ehtimoli — 40%. Kuchli yomg‘ir kechasi ham davom etishi kutilmoqda. Harorat +8° gacha pasayadi. Yomgʻir ehtimoli — 50%.

Chorshanba kuni kunduzi bulutli boʻladi, tushdan keyin esa quyosh chiqadi. Harorat +14° gacha koʻtariladi. Kechasi bulutli havo boʻladi, harorati +7° gacha tushishi kutilmoqda.

21-noyabr kuni ertalab esa kuchli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Kunduzi havo harorati +14° gacha ko‘tariladi. Yomgʻir ehtimoli — 40%. Kechasi biroz bulutli boʻladi, harorat +5° gacha tushadi.

Juma kuni tushdan keyin havo biroz bulutli bo‘lib, harorat +14° gacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Shanba kuni kechasi biroz bulutli boʻlishi kutilmoqda. Havo harorati +3° gacha tushishadi.