Toshkentdan Buxoroga yangi poyezd qatnovi yoʻlga qoʻyiladi
“Toshkent-Buxoro-Toshkent” yo‘nalishida yangi harakat tarkibi yo‘lga qo‘yiladi, deya xabar bermoqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Mazkur yangi poyezd tarkibi 12 ta vagondan iborat, bundan 2 ta VIP, 4 ta biznes, 4 ta ekonom, 1 ta restoran va 1 ta dizel vagonlari bor. Uning biznes klass o‘rindiqlari yo‘nalish bo‘yicha oʻzgaradi. Hozirda poyezd mazkur yo‘nalishda sinovdan o‘tkazish jarayonida.
Foto: Transport vazirligi matbuot xizmati
Ta’kidlanishicha, yozda sovutish tizimi boshqa vagonlardan farqli ravishda ular to‘xtab turganda ham ishlashda davom etadi.
Foto: Transport vazirligi matbuot xizmati
Poyezd 6 soatda manziliga yetib boradi. Yangi dizel poyezdi sinovi yakunlangach, yaqin kunlarda yo‘lovchilarga foydalanish uchun topshiriladi.