Oʻzbekiston fuqarolari Qozogʻiston va Tojikistonga ham ID karta bilan oʻtishi mumkin boʻladi

E’lon qilingan sana· 249
Oʻzbekiston fuqarolari Qozogʻiston va Tojikistonga ham ID karta bilan oʻtishi mumkin boʻladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Bosh vazir lavozimiga nomzodni ko‘rib chiqish va Vazirlar Mahkamasining yaqin va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan harakatlar dasturi muhokamasiga bag‘ishlangan majlisida qator boshqa masalalarga to‘xtalib o‘tdi.

Xususan, prezidentning ta’kidlashicha, Oʻzbekiston fuqarolari Qozogʻiston va Tojikistonga ID karta bilan oʻtishi mumkin boʻladi.

“Hozirgi vaqtda fuqarolarimiz Qirg‘izistonga ID karta bilan bemalol borib-kelmoqdalar. Endi shunday tartibni Qozog‘iston va Tojikiston bilan ham joriy etish rejalashtirilgan”, degan Shavkat Mirziyoyev.

Eslatib oʻtamiz, 2023-yilning may oyida O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari har ikki davlat chegarasidan ID-karta (pasportsiz) ko‘rsatish orqali o‘tishlari borasidagi hujjat qabul qilingan.