Dam olish kunlar havo harorati 15 darajagacha koʻtariladi

E’lon qilingan sana· 107
Dam olish kunlar havo harorati 15 darajagacha koʻtariladi

Dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda O‘zgidromet agentligi xabar bermoqda.

Faqat Surxondaryo viloyatida 23-noyabr kuni ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Respublikaning ayrim joylariga tuman tushishi mumkin. Sharqiy yo‘nalishdagi shamol birozdan o‘rtacha tezlikkacha esadi.

Harorat kechalari 0…+5 daraja iliq, shimolda ba’zi joylarda −1…−3 darada sovuq atrofida bo‘ladi. Kunduz kunlari quyosh nurlari havoni +10…+15 daraja iliqqacha isitadi.

Sinoptiklarga koʻra, bunday harorat noyabr oyining ushbu kunlari uchun bo‘lgan iqlim me’yorlariga yaqin.