Barcha vazirlik va idoralar Yangi Toshkent hududiga oʻtkaziladi

E’lon qilingan sana· 754
Barcha vazirlik va idoralar Yangi Toshkent hududiga oʻtkaziladi

Oʻzbekistondagi barcha davlat ijroiya hokimiyati organlarini (vazirlik va idoralar) Yangi Toshkent hududiga ko‘chiriladi. Bu haqda prezident poytaxt boʻylab “yashil belbogʻ” tashkil qilish boʻyicha tadbirda ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Gazeta.uz.

“Yashil makon deganimiz bu bejiz emas, bu — kelajagimiz. Xudo xohlasa, mana Yangi Toshkentni qurib, ijro organini hammasini Yangi Toshkentga ko‘chirishni reja qilyapmiz. Tasavvur qilinglar katta mashinalar kirmaydigan, tirbandliklar yo‘q [hudud] bo‘lib, odamlar bundan faqat foyda ko‘radi”, — dedi prezident.

2023-yil mart oyida prezident Yangi Toshkent qurilishi boshlanganini bildiruvchi kapsulaga tamal toshi qo‘ygan edi, deya eslatmoqda nashr. Shahar 1 million aholini sig‘dira olishi kutilmoqda.

Bu yerda davlat muassasalari, oliy o‘quv yurtlari va boshqa obyektlar joylashishini ta’kidladi. Hozirda vazirlik va idoralar joylashgan bino o‘rnida mehmonxonalar, savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarini ochish rejalashtirilgan. “Toshkent zamonaviy turizm va biznes markaziga aylanadi”, — degandi o‘shanda davlat rahbari.