Poytaxtda avtobuslar Yangi yil bayramida qanday ishlashi ma'lum qilindi

E’lon qilingan sana· 224
Poytaxtda avtobuslar Yangi yil bayramida qanday ishlashi ma'lum qilindi

“Toshshahartransxizmat” AJ axborot xizmati Yangi yil bayramidagi dam olish kunlari poytaxtda avtobus yoʻnalishlari qay jadval asosida harakatlanishini ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, dam olish kunlari avtobus saroylariga biriktirilgan avtobus yoʻnalishlari quyidagi jadval boʻyicha harakatlanadi:

  • 2024-yil 14-dekabr, shanba — ish kuni. Ish kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
  • 2024-yil 30-dekabr, dushanba — dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
  • 2024-yil 31-dekabr, seshanba — dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida.

Avvalroq oʻzbekistonliklar 2024-yil dekabr oyida ish haftasiga qarab 8 va 11 kun dam olishi ma’lum qilingandi. Jadval.