Talabalar uchun poyezd chiptalariga 50 foizgacha chegirma e'lon qilindi
E’lon qilingan sana: · 308
Oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarga qishki taʼtil mobaynida mahalliy yoʻnalishdagi qatnovlar uchun chegirmalar eʼlon qilindi.
Chegirma barcha mahalliy yoʻlovchi poyezdlari uchun (CB/VIP toifali vagonlar va “Afrosiyob” tezyurar elektropoyezdidan tashqari) toʻliq chipta narxining 50% miqdorida taqdim etiladi. Chegirma 2024-yil 23-dekabrdan 2025-yil 10-yanvargacha amal qiladi.
Chiptalarni xarid qilish uchun talabalar shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan temir yo‘l kassalariga tashrif buyurishlari yoki chiptalarni elektron shaklda xarid qilish uchun eticket.railway.uz veb-saytidan foydalanishlari mumkin.