Toshkentda sushi va rollar yeyish mumkin boʻlgan 10 ta joy

E’lon qilingan sana· 8 231
Toshkentda sushi va rollar yeyish mumkin boʻlgan 10 ta joy

Pan-osiyo taomlari, xususan, sushi va rollar nafaqat mintaqada, balki butun dunyoda oʻz oʻrniga ega ovqatlar hisoblanadi. Oʻzbekistonda ham asosan guruch va baliqdan tayyorlanadigan bu ovqatga qiziqish juda yuqori.

Buni Toshkentning deyarli har tumanida uchraydigan pan-osiyo taomlari restoranlari ham koʻrsatib turibdi. Afisha.uz ushbu jamlanmada Toshkentda sushi tayyorlanadigan restoranlar haqida ma’lumot beradi.


Furusato

Yaponiya taomlari bilan mashhur boʻlgan “Furusato” restorani odatda mavsumiy menyular taklif etadi.

Bu yerda sushilar 50 000 soʻmdan, rollar 60 000 soʻmdan, boshqa ovqatlar esa 40 000 soʻmdan boshlanadi.

Murojaat uchun telefon: (+998) 95−005−6132.

Manzil.


Moti

“Moti” pan-osiyo oshxonasi 11:00 dan 02:00gacha ishlaydi. Menyuda, koʻplab sharqona taomlarni topish mumkin. Ushbu kafe har xil turdagi sushi va rollardan iborat boʻlgan setlarni ham taklif etadi.

Toʻliq menyu va narxlar bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 99−533−4444.

Manzil.


Nice Joy

“Nice Joy” pishirilgan, qovurilgan rollar, sushilardan tashqari, nonushtalarni ham taklif etadi.

Ushbu havola orqali esa toʻliq menyu va narxlar bilan tanishish mumkin.

Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 90−999−7762.

Manzil.


Sushi Master

Ushbu yapon restoranida kichik sushi-rollardan katta setlargacha topish mumkin. Bundan tashqari, restoran pitsasi bilan ham maqtana oladi.

Toʻliq menyu va narxlar ushbu havolada keltirilgan.

Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 71−205−5959.

Manzil.


Sushi Yummy

Toshkent shahrida “Sushi Yummy"ning ikkita filiali ochilgan boʻlib, ularning biri Yunusobod tumanida, ikkinchisi esa Yakkasaroy tumanida joylashgan. Kafeda xuddi avvalgilarida boʻlgani kabi sushi, rollar va ulardan iborat setlarni topish mumkin.

Toʻliq menyu va narxlar ushbu havolada keltirilgan.

Murojaat uchun telefon raqamlar: (+998) 99−480−8877; (+998) 99−190−8877.


Sushi Time

Ushbu pan-osiyo oshxonasida yangi yil bayramlarini ham oʻtkazish mumkin. “Sushi Time"ning ham ikki filiali ochilgan boʻlib ularning biri Mirobod tumanida, ikkinchisi esa Sayramda joylashgan.

Sushi, rollar va setlarning turlari hamda narxlari bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 97−784−9494.


Yaponamama

Oʻz faoliyatini boshlaganiga 10 yil boʻlgan va Oʻzbekistonning turli shaharlarida faoliyat koʻrsatib kelayotgan “Yaponamama"siz bu roʻyxatni tasavvur qilib boʻlmasdi. Bundan tashqari, ushbu ovqatlanish maskanida sushi va rollardan tashqari, boshqa issiq taomlar, shoʻrvalar hamda desertlar ham mavjud.

Ushbu havola orqali kafe menyusi va narxlarni bilib olish mumkin.

Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 71−200−8989.

Manzillar.


Yaxshi Sushi

Toshkent shahrida “Yaxshi Sushi"ning toʻrtta filiali mavjud. Ularning barchasi oʻzining Sharq taomlari bilan maqtana oladi. Shuningdek, ushbu restoranda “Bugun qulay” (Выгодно сегодня) rukni ham mavjud va bu orqali 50 foiz chegirma beriladi.

Menyu va narxlar bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 78−113−7979.


Три Самурая

“Три Самурая” ovqatlanish maskanida sushi yeyishni istasangiz Samarqand Darvoza, Riviera yoki Magnum savdo markazlariga yoki Sergeli tumaniga borish mumkin. Restoran hozirgacha Toshkent shahrida uchta filial ochishga ulgurgan.

Sushi, rollar va boshqa taomlar narxi ushbu havolada keltirilgan.

Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 93−742−0900; (+998) 93−702−0900.


Twice Spice

“Twice Spice” yapon-koreys restorani 10:00dan 23:00gacha ishlaydi. Bundan tashqari, yetkazib berish xizmati ham mavjud.

Ushbu havolada 2019-yildan beri faoliyat yuritib kelayotgan oshxonaning menyusi va taomlar narxlari keltirilgan.

Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 99−902−8899.

Manzil.

Azimbek Xushmamatov
Muallif
Azimbek Xushmamatov