Hali hammasi oldinda: hafta oxirida yana havo soviydi, harorat -15 darajagacha tushishi mumkin

E’lon qilingan sana· 1 298
Hali hammasi oldinda: hafta oxirida yana havo soviydi, harorat -15 darajagacha tushishi mumkin

15−17-dekabr kunlari O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo oqimi kirib keladi, deya ma’lum qildi O‘zgidromet direktori Sherzodxo‘ja Habibullaxo‘ja o‘zining Facebook sahifasida.

15-dekabr kuni va 16-dekabrga o‘tar kechasi mamlakat bo‘ylab yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, ayrim hududlarda kuchli yog‘adi. Shamol ba’zi joylarda 13−18 m/s gacha kuchayadi, ayrim hududlarda esa 20−25 m/s gacha yetishi mumkin.

15-dekabrdan boshlab havo haroratining pasayishi kutilmoqda. 16−17-dekabr kunlari kechasi harorat −8…−13 darajagacha, ayrim joylarda -15 darajagacha, kunduzi esa 0…-5 darajagacha pasayadi.

Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi.