1-yanvardan poytaxt avtobuslarida naqd pul qabul qilinmaydi

E’lon qilingan sana· 1 176
1-yanvardan poytaxt avtobuslarida naqd pul qabul qilinmaydi

2025-yil 1-yanvar kunidan boshlab avtobuslarda naqd pul qabul qilish amaliyoti to‘xtatiladi. Elektron toʻlovlar oʻzgarishsiz — 1700 soʻmligicha qoladi, ammo bir martalik chipta narxlari 3000 ming soʻm etib belgilangan. Ularni poytaxt koʻchalaridagi 5 mingdan ortiq infokiosklardan sotib olish mumkin boʻladi.

Toshkent shahrida o‘rnatilgan 5000 mingdan ortiq “Paynet”, “MultiPay” va “Oson” infokioskalaridan 3000 soʻm evaziga bir martalik QR-chipta xarid qilish mumkin bo‘ladi, deyiladi Transport vazirligi axborot xizmati xabarida.

Shuningdek, almashish tariflari faqat ATTO transport kartasida mavjud boʻlib, ushbu transport kartasidan foydalanuvchi yoʻlovchilar 1 soat davomida avtobusdan uchinchi va toʻrtinchi marotaba harakatlanishlari mutlaqo bepul boʻladi.