Hafta oʻrtasida havo harorati +7 darajagacha koʻtariladi
Poytaxtda 16-dekabrdan 20-dekabrgacha kuzatiladigan ob-havo maʼlumoti eʼlon qilindi.
Dushanba kuni tushdan keyin biroz bulutli bo‘lishi kutilmoqda, havo harorati -2° gacha ko‘tariladi. Kechasi havo biroz bulutli boʻlib, -11° gacha tushishi kutilmoqda.
17-dekabr kuni poytaxtda havo biroz bulutli bo‘lib, +3° gacha ko‘tariladi. Kechasi bulutli boʻlishi, havo harorati -3° gacha tushishi kutilmoqda.
Chorshanba kuni ertalab bulutli osmon oʻz oʻrnini kunduzi quyosh nuriga boʻshatib beradi. Harorat +5° gacha koʻtariladi. Kechasi biroz bulutli bo‘lishi, harorat -1° gacha tushishi kutilmoqda.
19-dekabr kuni, prognozga ko‘ra, havo bulutli bo‘ladi, havo harorati butun hafta davomida rekord darajaga ko‘tarilib, harorat +7° gacha ko‘tariladi. Kechasi yomgʻir va qor yogʻishi (yogʻingarchilik ehtimoli 90%, qor ikki santimetrgacha yogʻishi mumkin) va harorat 0° gacha tushishi kutilmoqda.
Juma kuni tushdan keyin qor yogʻishi (yogʻingarchilik ehtimoli 60%, qor ikki santimetrgacha yogʻishi mumkin) va haroratning +2° gacha koʻtarilishi kutilmoqda. Shanba kuni kechqurun havo biroz bulutli boʻlib, -4° gacha tushadi.