Yangi yil bayramida qo‘shimcha aviareyslar yo‘lga qo‘yiladi

E’lon qilingan sana: · 406
Yangi yil bayramida qo‘shimcha aviareyslar yo‘lga qo‘yiladi
Uzbekistan Airways

“Uzbekistan Airways” Milliy aviakompaniyasi qishki ta’tilda O‘zbekiston bo‘ylab qo‘shimcha 27 ta reysni yo‘lga qo‘yadi.

Qayd etilishicha, 2024-yil 23-dekabrdan 2025-yil 7-yanvargacha quyidagi yo‘nalishlarga 27 ta qo‘shimcha reyslar amalga oshirilishi rejalashtirilgan:

  • “Toshkent — Nukus — Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha 14 ta;
  • “Toshkent — Urganch — Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha 9;
  • “Toshkent — Buxoro — Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha 3 ta;
  • “Toshkent — Termiz — Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha 1 ta.

Aviakompaniyaning rasmiy veb-saytida reyslar jadvalini koʻrish va aviachiptalarni sotib olish mumkin.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling