Toshkentda bu hafta havo harorati +8° gacha ko‘tariladi
2024-yilning soʻnggi ish haftasi — 23−27-dekabr kunlari Toshkent shahrida kutilayotgan ob-havo maʼlumoti eʼlon qilindi.
Dushanba kuni tushdan keyin havo biroz bulutli boʻlib, havo harorati +3° gacha koʻtarilishi kutilmoqda. Kechasi biroz bulutli boʻladi, havo harorati -5° gacha tushadi.
24-dekabr kuni kunduzi ham biroz bulutli bo‘lib, havo harorati +6° gacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Kechasi havo biroz bulutli, harorat -4° gacha tushadi.
Chorshanba kuni kunduzi biroz bulutli havo harorati +7° gacha koʻtarilishi kutilmoqda. Payshanba kechasi bulutli boʻlishi, havo harorati -1° gacha tushishi kutilmoqda.
26-dekabr kuni kunduzi bulutli boʻlib, harorat +8° gacha ko‘tariladi. Kechasi havo ochiq boʻlib, havo harorati -1°C gacha tushishi kutilmoqda.
Juma kuni havo biroz bulutli boʻlib, +6° gacha koʻtarilishi kutilmoqda. Dam olish kunlaridan bir kun oldin poytaxtda havo biroz bulutli bo‘lib, havo harorati -2° gacha tushadi.