Foto: Central Park`da Yangi yil archasi oʻrnatildi

E’lon qilingan sana· 359
Foto: Central Park`da Yangi yil archasi oʻrnatildi

Toshkent shahri aholisi va mehmonlari tashrif buyuradigan yana bir istirohat bogʻi — Mirzo Ulugʻbek nomidagi “Central Park"da ham Yangi yil bayrami oldidan archa oʻrnatildi.

Bundan tashqari, ushbu bog' bayram kayfiyatida bezatilganini ham koʻrish mumkin. Shuningdek, har xil turdagi installyatsiyalar, jumladan, Qorbobo chanasi va bugʻulari, sovgʻa qutilari ham oʻrnatilgan.

“Central Park” bogʻidagi amfiteatr ham bayramona bezatilgan.

Afisha.uz fotosuratchisi “Central Park"da qad rostlagan archa va umumiy bog' atmosferasi suratlarini taqdim etadi.

Murod Yusuf
Fotosuratchi
Murod Yusuf