Oʻzbekistonliklar 2025-yilda qancha dam olish kuniga ega boʻladi?
![Oʻzbekistonliklar 2025-yilda qancha dam olish kuniga ega boʻladi?](/uploads/media/2024/12/49277fd2bbdbd3b29199f1fb6d557394_l.webp)
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi 2025-yil uchun ish vaqtining davomiyligi taqvimini tasdiqladi.
Hujjat barcha tashkilotlarga ta’luqli boʻlib, u bayram kunlarining, shu jumladan diniy bayramlarning sanalarini tasdiqlaydi:
- 1-yanvar — Yangi yil;
- 8-mart — Xotin-qizlar kuni;
- 21-mart — Navroʻz;
- 31-mart — Iyd al-Fitr (Ramazon hayiti)ning birinchi kuni;
- 9-may — Xotira va qadrlar kuni
- 7-iyun — Iyd al-adha (Qurbon hayiti)ning birinchi kuni.
- 1-sentyabr — Mustaqillik kuni;
- 1-oktyabr — Oʻqituvchi va murabbiylar kuni;
- 8-dekabr — Konstitutsiya kuni.
Shuningdek, shanba yoki yakshanbaga to‘g‘ri kelgan bayramlar munosabati bilan qo‘shimcha dam olish kunlari beriladi. 2025-yilda 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni shanbaga toʻgʻri kelishi munosabati bilan dam olish kuni 10-mart, dushanbaga koʻchiriladi. Qurbon hayitining birinchi kuni 9-iyun, shanbaga to‘g‘ri keladi, shu sababdan dam olish kuni 9-iyun, dushanbaga koʻchiriladi.
Bundan tashqari, avvalroq 2025-yilda 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni 4 yanvar — shanba kunidan 2 yanvar — payshanba kuniga ko‘chirildi. 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 2 yanvar — payshanba qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilangandi.
Shu tariqa Yangi yil bayramida:
- 28-dekabr, shanba — 6 kun ishlovchilar uchun odatiy ish kuni, 5 kun ishlovchilar uchun odatiy dam olish kuni;
- 29-dekabr, yakshanba — barcha uchun odatiy dam olish kuni;
- 30-dekabr, dushanba — 6 kun ishlovchilar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kun ishlovchilar uchun 14 dekabr (shanba) kunidan ko‘chirilgan dam olish kuni;
- 31-dekabr, seshanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
- 1-yanvar, chorshanba — Yangi yil bayrami;
- 2-yanvar, payshanba — 6 kun ishlovchilar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kun ishlovchilar uchun 4 yanvar (shanba) kunidan ko‘chirilgan dam olish kuni.
Ushbu dam olish kunlari poytaxtda boʻlib oʻtadigan tadbirlarni Afisha.uz sayti orqali topishingiz mumkin.