Foto: Magic City'dagi bayram archasi qanday koʻrinishda?

E’lon qilingan sana· 437
Foto: Magic City'dagi bayram archasi qanday koʻrinishda?

“Magic Сity” bogʻida tashrif buyuruvchilar uchun Yangi yil archasi oʻrnatildi.

Foto: Magic City bogʻi ma’muriyati

Bayram arafasida ushbu istirohat bogʻida sayr qilish istagida boʻlganlar Yangi yil kayfiyatida bezatilgan parkning guvohi boʻladi.

Foto: Magic City bogʻi ma’muriyati

Bundan tashqari, bogʻdagi binolar ham Yangi yil bayrami atmosferasini ulashadi. Shuningdek, tashrif buyurvchilar Qorbobo va Qorqiz hamda boshqa installyatsiyalar bilan suratga tushish imkoniga ega boʻladi.

Foto: Magic City bogʻi ma’muriyati

Ma’lumot uchun, hozirda “Magic City” bogʻida Yangi yil shou dasturlari ham boʻlib oʻtmoqda.

Foto: Magic City bogʻi ma’muriyati

Unda animatorlar shoulari, qoʻgʻirchoq teatrlari, chiroqlar paradi, ertaklar namoyish etilmoqda.

Foto: Magic City bogʻi ma’muriyati

Afisha.uz fotosuratchisi “Magic City"da qad rostlagan archa va umumiy bog' atmosferasi suratlarini taqdim etadi.

Murod Yusuf
Fotosuratchi
Murod Yusuf