Toshkent - Chorvoq ekspress avtobusi qayta ishga tushdi

E’lon qilingan sana· 1 848
Toshkent - Chorvoq ekspress avtobusi qayta ishga tushdi

Yangi yil bayramlari munosabati bilan 28-dekabrdan 5-yanvarga qadar Toshkent (Mashinasozlar metrosi) — Chorvoq shahri orasidagi shaharlararo ekspress avtobus yo‘nalishi ishi qayta tiklanadi.

Ish jadvali:

  • Toshkentdan jo‘nash vaqtlari: 09:00, 16:00.
  • Chorvoqdan jo‘nash vaqtlari: 12:00, 18:00.

Yo‘nalish trassasi: Yangi O‘zbekiston ko‘chasi (yangi trassa) va undan so‘ng aylanma trassa bo‘ylab Chorvoqqa qadar.

Yo‘nalish o‘tadigan eng muhim manzillar: “Chinorkent” arqon yo‘li, Xo‘jakent temir yo‘l bekati, O‘zbekiston Temir Yo‘llari sanatoriysi, “Bochka” gastronomiya majmuasi, Xo‘jakent qishlog‘i. Xojikent temir yo‘l stansiyasi, O‘zJD sanatoriysi, “Bochka” gastronomik majmuasi, Xojikent qishlog‘i.

Yo‘l haqi: 20 000 so‘m.

Yo‘lga ketadigan vaqt: 1 soat 10 daqiqa. Toʻlovni safar yakunida amalga oshirish mumkin.