Foto: Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona yonidagi bosh archa
E’lon qilingan sana: · 2 481
Kirib kelayotgan Yangi yil bayrami munosabati bilan Oʻzbekistondagi bosh archa Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona yonidagi maydonga oʻrnatildi.
Ma’lumot uchun, ushbu archa 25-dekabrdan 10-yanvargacha, har kuni soat 11:00 dan 23:00 gacha tashrif buyuruvchilar uchun ochiq boʻladi.
Archa 35 metr balandlikda (ikki metrli yulduz bilan birga) bo‘lib, 33 000 dona o‘yinchoq va 14 000 metr chiroqli gerlyandlar bilan bezatilgan. Asosiy archadan tashqari, bayram maydoniga yana to‘rtta kichik archa va dekorativ elementlar o‘rnatilgan.
Afisha.uz fotosuratchisi Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona yonidagi maydonga oʻrnatilgan archa kadrlarini taqdim etadi.
Fotosuratchi
Murod Yusuf