Foto: Humo Arena oldida bezatilgan Yangi yil archasi

E’lon qilingan sana· 1 742
Foto: Humo Arena oldida bezatilgan Yangi yil archasi

“Humo Arena” muz saroyi oldida Yangi yil bayrami oldidan archa bezatildi. Xokkey oʻyinlari va turli xil konsertlar boʻlib oʻtadigan arenaga tashrif buyuruvchilar bayram atmosferasini his qilishi mumkin.

Ma’lumot uchun, 27-dekabr kuni u yerda “Filarmoniya shou” gala-konserti boʻlib oʻtadi. Bundan tashqari, 4−5 yanvar kunlari “Kichkina shahzoda” nomli muz ustidagi shou ham oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Arena atrofida Yangi yil bayramiga bagʻishlangan installyatsiyalar oʻrnatilgan. Ular orasidan havo shari, sovgʻa qutilari, karamelli tayoqcha koʻrinishidagi bezaklar oʻrin olgan.

Afisha.uz fotosuratchisi “Humo Arena” oldida oʻrnatilgan archa kadrlarini taqdim etadi.

Murod Yusuf
Fotosuratchi
Murod Yusuf