The New York Times Buxoroni – 2025-yilda tashrif buyurishga arziydigan shaharlar qatoriga kiritdi

E’lon qilingan sana· 739
The New York Times Buxoroni – 2025-yilda tashrif buyurishga arziydigan shaharlar qatoriga kiritdi

AQShning yetakchi nashrlaridan biri boʻlgan “The New York Times” Buxoro shahrini 2025-yilda tashrif buyurishga arziydigan 52 ta eng yaxshi joy ro‘yxatiga kiritdi.

Maqolada 2025-yilning kuzida Buxoroda birinchi marotaba zamonaviy san’atni o‘zida namoyon etadigan Buxoro biennalesi bo‘lib o‘tishi qayd etilgan. 5-sentyabrdan 20-noyabrgacha bo‘lib o‘tadigan tadbirda jahonning mashhur rassomlari, jumladan, britaniyalik haykaltarosh Entoni Gormli va boshqa taniqli ustalarning asarlari namoyish etiladi.

Biennale shaharning tarixiy markazida, bir necha asrlardan beri mavjud bo‘lgan karvonsaroylar, diniy maktablar va islom madaniyatining boshqa meʼmoriy durdonalar oʻrtasida oʻtkaziladi.

Bundan tashqari, “The New York Times” gazetasi o‘z o‘quvchilariga o‘tgan yili parvoz qila boshlagan “Silk Avia” va “Air Samarkand” milliy aviakompaniyalari tufayli O‘zbekiston bo‘ylab sayohat ancha osonlashganini qayd etgan, deyiladi xabarda.