Toshkent zooparkiga alpaka va lama keltirildi
E’lon qilingan sana: · 340

Toshkent hayvonot bogʻiga uchta momiq alpaka va yangi lama keltirildi. Bundan tashqari, endi zooparkda uch xil turdagi 5 ta turnalar bor.
“Ayniqsa, uzoq vaqtdan beri yolgʻiz boʻlgan yapon turnasi nihoyat uzoq kutilgan sherigini topgani quvonchli yangilik boʻldi. Endi bizda chiroyli juftlik bor!”, — deydi bog' ma’muriyati.
Chipta narxi:
- imkoniyati cheklanganlar uchun — bepul;
- 7 yoshgacha boʻlgan bolalarga — bepul;
- muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga — 25 000 so‘m;
- pensionerlarga — 25 000 so‘m;
- 7 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga — 25 000 so‘m;
- 16 yosh va undan kattalarga — 40 000 soʻm.
Ish vaqti: kassa — 8:00 dan 17:30 gacha, hayvonot bogʻi 19:30 gacha ishlaydi.