Oʻzbekistonda aerotaksi xizmati yoʻlga qoʻyiladi

E’lon qilingan sana· 323
Oʻzbekistonda aerotaksi xizmati yoʻlga qoʻyiladi
Foto: "Jetex". Illyustrativ

Transport vazirligi va BAAning “JETEX” kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi, deya xabar bermoqda vazirlik axborot xizmati.

Ta’kidlanishicha, “JETEX” kompaniyasi “Toshkent-Sharqiy” aeroportida FBO (Fixed Base Operator) shaklida davlat xususiy sherikchiligi asosida VIP va CIP mijozlarga xizmat ko‘rsatishni tashkil etish bo‘yicha investitsion loyihani amalga oshiradi.

Ushbu loyiha doirasida aerotaksi xizmati va VIP taksi joriy etiladi. “Bu esa o‘z navbatida turizm sohasining rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi hamda VIP mijozlar uchun qulaylik yaratadi”, deyiladi xabarda. Shuningdek, biznes aviatsiya sohasida 200 dan ko‘proq yuqori malakali ish o‘rinlari yaratiladi.

Ma’lumot uchun, “JETEX” kompaniyasi 2005-yilda tashkil etilgan bo‘lib, 5 qit’ada 30 ta biznes birlashmasiga ega global tarmoqni tashkil etgan. Butun dunyo bo‘ylab 50 dan ortiq nuqtalarda, jumladan Yaqin Sharq, Yevropa, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi, Afrika va Amerikada kun-u tun mijozlarga xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi.