​​Toshkent aeroportida mushuklar uchun uylar oʻrnatildi

E’lon qilingan sana· 246
​​Toshkent aeroportida mushuklar uchun uylar oʻrnatildi

Toshkent xalqaro aeroportining uchib ketish zali va bosh binosi oralig‘ida joylashgan yashil maydonda mushuklar uchun uychalar paydo bo‘ldi, deya xabar bermoqda “Uzbekistan Airports” kompaniyasi axborot xizmati.

Ta’kidlanishicha, mushuk uylari Toshkent arxitektura-qurilish universiteti talabalari tomonidan loyihalashtirilgan. Tashqi koʻrinishga qoʻshimcha ravishda, dizayn jarayonida uylar yigʻilgan materiallarga katta e’tibor berilgan: yemirilishga chidamli, yonmaydigan va ayni paytda ekologik toza. Sovuq mavsumda isitish va issiqda shamollatish tizimlari ham oʻylangan.

“Mushuklar shahar muhitining tabiiy aholisi boʻlib, oʻzlarining ekologik oʻrniga egadirlar. Poytaxt aeroportida doimo mushuklar bo‘lgan. Bu jonzotlarning odamlarga foydasi oydin, yoqimli estetikadan tashqari, ular uy sichqonlarini va hatto kalamushlarni yoʻq qiladigan haqiqiy ovchilardir. Bizda ular uchun uylar o‘rnatish g‘oyasi anchadan beri bor edi, biroq aeroportda bir necha yillardan buyon olib borilayotgan qurilish ishlari tufayli bunday imkoniyat endigina paydo bo‘ldi. „Mushukkent“ loyihasi va Toshkent arxitektura-qurilish universiteti talabalari bilan birgalikda uylar uchun uychalar loyihasini ishlab chiqdik va ularni aeroport faoliyati uchun ham, hayvonlarning o‘zlari uchun ham xavfsiz boʻlgan joylarga o‘rnatdik”, — deya izoh berdi “Uzbekistan Airports” matbuot xizmati.