Toshkent avtobuslarida yangi rekord qayd etildi
E’lon qilingan sana: · 213

“Toshshahartransxizmat” Toshkent avtobuslarida yangi rekord qayd etilganini ma’lum qildi: bir kunda tashilgan yo‘lovchilar soni 1 million 332 ming 974 nafarga yetdi.
Hisobotda 2024-yil 15-yanvar, dushanba kuni rasman tashilgan yo‘lovchilar soni 961 639 nafar bo‘lgani koʻrsatilgan. 2025-yilning 13-yanvari, dushanba kunidagi ko‘rsatkich rekord yangilanganini koʻrsatdi — shu kuni poytaxt avtobuslarda 1 million 332 974 nafar yo‘lovchi tashilgan.
Shunday qilib, yo‘lovchilar oqimi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 38,6 foizga oshgan.