Toshkentda dam olish kunlari qish qishligini qiladi
E’lon qilingan sana: · 1 594

18 va 19-yanvar kunlari Toshkent shahrida kutilayotgan ob-havo maʼlumoti eʼlon qilindi.
Shanba kuni tushdan keyin kuchli yomgʻir yogʻishi (60% ehtimol bilan) va harorat +6 gradusgacha koʻtarilishi kutilmoqda. Kechasi yomgʻir aralash qor yogʻishi kutilmoqda. Harorat +2° gacha tushishi mumkin.
Yakshanba kuni ertalab qor yogʻadi, deya prognoz qilinmoqda (40% ehtimol). Kunduzi havo harorati +7 darajagacha ko‘tariladi. Kechasi sezilarli bulutli boʻlishi va termometrlar +1 darajani koʻrsatishi kutilmoqda.