Urganchdan Qoʻngʻirotga poyezd qatnovi yoʻlga qoʻyildi

E’lon qilingan sana: · 486
Urganchdan Qoʻngʻirotga poyezd qatnovi yoʻlga qoʻyildi

Urganch—Qo‘ng‘irot—Urganch yo‘nalishida poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi, deya xabar bermoqda Qoraqalpogʻiston Joʻqargʻi Kengesi matbuot xizmati.

Qatnov bugun, 20-yanvardan boshlab Amudaryo ustidan o‘tuvchi yangi ko‘prikdan amalga oshirilmoqda. Rejaga ko‘ra, poyezd Urganchdan 06:00 da, Qo‘ng‘irotdan esa 13:24 da harakatlanadi.

Eslatib oʻtamiz, 1-fevraldan boshlab mahalliy yoʻnalishdagi poyezd chiptalari narxi yana oshiriladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling