Ertaga Toshkentda qor yogʻadi
E’lon qilingan sana: · 171

Oʻzgidromet agentligi 22-yanvar kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Ta’kidlanishicha, ertaga havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik boʻladi, yomgʻir qorga aylanadi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5−10 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 12−14 m/s gacha kuchayishi mumkun. Harorat kechasi va kunduzi 1−3 daraja iliq bo‘ladi.
“AccuWeather” ma’lumotlariga ishonadigan boʻlsak, kechga yomgʻir yogʻadi va tunda qorga aylanadi. Saharga yaqin qor tinib, 22-yanvar tongi va kuni yaxhsi oʻtadi, kechga esa yana iroz qor yogʻadi.