Tezroq uygʻonish uchun: Toshkentdagi 9 ta kofeshop

E’lon qilingan sana· 526
Tezroq uygʻonish uchun: Toshkentdagi 9 ta kofeshop
Foto: gastronom.ru

Hozirgi kunda insoniyat iste’mol qiladigan mahsulotlar orasida kofe katta oʻrinni egallaydi. Bu Toshkent shahrida koʻplab kofeshoplar va asosan kofe tayyorlash bilan shugʻullanadigan qahvaxonalar ochilishiga ham sabab boʻldi. Poytaxt koʻchalari boʻylab sayohat qilish vaqtida, qoʻlida kofe idishini koʻtarib yurgan odamlarni ham, qahvaxonalarni toʻldirib oʻtirgan odamlarni ham koʻrish mumkin.

Afisha.uz ushbu jamlanmada Toshkentdagi 9 ta kofeshoplarni bir yerga jamladi.


Caffelito

Toshkent shahrida ochilgan va hozirgacha 50 dan ortiq filialga ega boʻlgan kofeshopda har xil turdagi qahvalar tayyorlanadi. “Caffelitto"ning yana bir oʻziga xos tomonlaridan biri shundaki, bunda qahvani faqat oʻzingiz bilan olib ketishingiz mumkin. Barcha filiallar ertalab 07:00 dan ish boshlaydi.

Ushbu qahvaxonadagi narxlar bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 94−638−7500.

Manzillar.


Canella

“Grand Mir” mehmonxonasi yaqinida joylashgan kafeda har xil turdagi qahvalardan tashqari Yevropa oshxonasi taomlaridan ham tatib koʻrish mumkin. Shuningdek, bu netvorking uchun ham qulay joy hisoblanadi.

Kofe-bardagi narxlarni ushbu havola orqali koʻrish mumkin.

Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 97−130−5030.

Manzil.


“Coffee Campus”

Ushbu kofeshopda cheksiz Wi-Fi va yetkazib berish xizmati mavjud. Shuningdek, bu yerga tashrif buyurib, har kuni yangi filmlar va multfilmlar tomosha qilish mumkin. Kinolar jadvalini kafening Instagram sahifasida koʻrish mumkin.

Har xil turdagi kofe narxlarini ushbu havola orqali koʻrib chiqish mumkin.

Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 90−318−7044.

Manzil.


Community

Toshkent shahrida “Community” kofe barining ikkita filiali mavjud. Asosan kofelari bilan mashhur boʻlgan joyda boshqa koʻplab taomlarni ham topish mumkin. Ish vaqti dushanbadan shanbagacha tongi 8:00dan 23:00gacha, yakshanba kuni esa 10:00 dan 23:00gacha hisoblanadi.

Ushbu havola orqali esa taomlar va kofelar menyusi bilan tanishish mumkin.

Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 33−370−0333.

Manzillar:


Fretta.uz

“Fretta"ning Toshkent shahrida oltita, Toshkent viloyatida esa bitta filiali mavjud boʻlib, unda qahvadan tashqari koʻplab fresh ichimliklar ham mavjud. Kofeshop soat 08:00dan 22:00gacha faoliyat olib boradi.

Ushbu qahvaxonadagi narxlar bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 95−955−7115.

Manzillar.


Tim’s

“Tim's"da kafesida ham koʻplab taomlar boʻlsa-da asosan oʻz qahvalari va boshqa ichimliklari bilan mashhur hisoblanadi. Bu yerda kofedan tashqari smuzi, fresh ichimliklar, limonadlar va milksheyklarni topish mumkin.

Kafening menyusi va narxlari bilan ushbu havola da tanishish mumkin.

Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 99−777−4585.

Manzil.


Coffee Boom

“Coffee Boom” xalqaro qahvaxonalar tarmogʻi boʻlib, shu paytgacha 23 ta shaharda 140 dan ortiq filiallar ochilgan. Toshkentdagi kafeda nonushtalar, salatlar, issiq ovqatlar, pitsa va burger kabi taomlarni topish mumkin. Albatta, ular bilan ichishga kofelar ham taklif etiladi.

Qahvaxonadagi taomlar va ichimliklar narxlari ushbu havola da keltirilgan.

Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 99−115−1999.

Manzil.


Salom

“Salom” Toshkentdagi noodatiy kofe doʻkonlaridan biri boʻlib, uning boshqalardan ajralib turadigan jihati shundaki, kofeshopda nafaqat baristalar, balki rassomlar ham ishlaydi. U yerda siz qahva buyurtma qilsangiz, oʻsha yerning oʻzida idishga rasmingizni ham chizib berishadi. Dushanbadan jumagacha 12:00dan 22:00ga qadar ishlaydi.

Espresso va amerikano hajmiga qarab 20−25 ming soʻm. Kichik kapuchino 26 ming, kattasi esa 35 ming soʻm. Latte ham xuddi shunday narxda.

Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 94−800−0042.

Manzil.


Qahva.uz

“Qahva"ning yettita filiali mavjud boʻlib, ularning beshtasi, jumladan, Oqqoʻrgʻon, Oq-tepa, TTZ Chimgan, Yunusobod va Shota Rustaveli filiallari 24 soat ishlaydi. Shuningdek, Oloy bozorida va Toshkent tibbiyot akademiyasida ham “Qahva"ni topish mumkin.

Ushbu havola orqali esa taomlar va kofelar menyusi bilan tanishish mumkin.

Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 97−409−6666.

Manzil.

Azimbek Xushmamatov
Muallif
Azimbek Xushmamatov