Dam olish kunlari bahoriy ob-havo hukm suradi

E’lon qilingan sana· 1 395
Dam olish kunlari bahoriy ob-havo hukm suradi

Juma kuni Oʻzbekiston boʻylab yogʻingarchilik kutilmaydi, deya xabar bermoqda Oʻzgidromet. Kunduzi havo harorati 3−8 daraja iliq bo‘ladi, janubiy hududlarda ba’zi joylarida 10−12о iliq boladi. Shamol tezligi ba’zi joylarda 13−18 m/s gacha kuchayadi.

Qayd etilishicha, dam olish kunlari Oʻzbekistondan sovuq havo massalari chekina boshlaydi. Butun respublika bo‘ylab havo harorati ko‘tarilishi fonida quyoshli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.

25-yanvar kuni kechasi havo harorati -2 va -7 daraja sovuq oralig‘ida saqlanib, kunduzi 7−12 darajagacha ko‘tariladi, 26-yanvar kuni esa kechasi havo harorati +2 dan -3 darajagacha tushadi, kunduzi 9−14 daraja iliqqacha ko‘tariladi.

Shuningdek, Toshkent va Namangan viloyatlarining to‘gli hududlarida qor ko‘chishi xavfi mavjud.

Toshkent shahrida bugun, 24-yanvar kuni yog‘ingarchilik kuzatilmaydi, havo harorati 5−7 daraja iliq boʻladi. Dam olish kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi, shamol 3−8 m/s tezlikda esadi.

25-yanvar kuni kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin, havo harorati kechasi -3 dan -5 darajagacha sovuq, kunduzi 8−10 daraja iliq boladi. 26-yanvar, yakshanab kuni ham kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin, havo harorati kechasi 0 dan -2 darajagacha tushadi, kunduzi 11−13 daraja iliqqacha ko‘tariladi.