Toshkentda bu hafta sovuqroq havo kuzatiladi

E’lon qilingan sana· 876
Toshkentda bu hafta sovuqroq havo kuzatiladi

27−31-yanvar kunlari poytaxtda havo harorati sovuq boʻladi, ammo yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Dushanba kuni tushdan keyin havo biroz bulutli bo‘lishi, harorat +11° gacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Kechasi bulutlilik, “tutun hosil boʻlishi natijasida” koʻrishning pasayishi va haroratning 0 ° ga tushishi kutilmoqda.

28-yanvar kuni kunduzi bulutli boʻladi, havo harorati +6° gacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Kechasi ham bulutli boʻlishi, “tutun hosil boʻlishi natijasida” koʻrishning pasayishi va havo harorati -1° gacha tushishi kutilmoqda.

Chorshanba kuni tushdan keyin bulutli bo‘lishi kutilmoqda, havo harorati +3° bo‘ladi. Kechasi harorat -2 darajaga tushadi.

30-yanvar kuni havo bulutli bo‘lib, harorat +5° gacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Kechasi ham osmonda bulutlar saqlanib qolishi va harorat -2° gacha tushishi kutilmoqda.

Juma kuni tushdan keyin havo sezilarli bulutli boʻlishi va +4° gacha koʻtarilishi kutilmoqda. Kechasi ham bulutlar saqlanib turadi, harorat -3 gradusgacha tushadi.