Toshkentda Turkiy davlatlar xalqaro universiteti tashkil etiladi

“Turkiy davlatlar xalqaro universitetini tashkil etish toʻgʻrisida"gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra, Toshkent shahrida Turkiy davlatlar xalqaro universiteti tashkil etiladi.
Muhandislik, qurilish, logistika, axborot texnologiyalari va dasturlash, sogʻliqni saqlash, qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat sanoati universitet faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilandi.
Oʻquv dasturlarini xorijiy, shu jumladan, Turkiyaning yetakchi oliy ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlikda ishlash ham koʻzda tutilgan.
Ta’kidlanishicha, 2025/2026-oʻquv yilidan Universitetda ta’lim jarayoni ta’lim sohasida xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar reytingida birinchi 1000 talik roʻyxatga kirgan, shuningdek, oʻz yoʻnalishida yetakchi hisoblangan Turkiya Respublikasi oliy ta’lim tashkilotlarining oʻquv dasturlari asosida tashkil etiladi.
Universitetda talabalarni oʻqitish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.