Anhor kanali boʻyida 24 soatlik dam olish maskani yaratilmoqda

Shayxontohur tumani Gulxaniy ko‘chasidagi Anhor kanali bo‘yida keng ko‘lamli rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda. Natijada sayr qilish, dam olish va faol hordiq chiqarish uchun zamonaviy maydon yaratiladi.
Bu yerda quyidagi ishlar bajariladi:
-
beton qoplamani yotqizish;
-
bordyur-to‘siqlar o‘rnatish;
-
yoʻlak burschatka bilan qoplanadi;
-
basketbol maydonchasi quriladi;
-
tennis stollari o‘rnatiladi;
-
bolalar maydonchalari jihozlanadi;
-
skeytbord uchun zonalar tashkil etiladi;
-
tadbirlar o‘tkaziladigan zamonaviy amfiteatr barpo etilmoqda;
-
sug‘orish tizimi bo‘lgan maysazor yaratiladi;
-
dekorativ favvora quriladi;
-
100 ta chiqindi qutisi o‘rnatiladi;
-
rezina qoplamali xavfsiz zonalar tashkil etiladi;
-
velosiped yo‘laklari tashkil etiladi;
-
170 dan ortiq ko‘cha yoritgichlari o‘rnatiladi;
-
200 dan ortiq o‘rindiq va skameykalar joylashtiriladi.
Mazkur rekonstruksiya ishlarining yakunlanishi bilan Gulxaniy ko‘chasi kun-u tun hordiq chiqarish va faol dam olishi uchun moʻljallangan maskanlardan biriga aylanadi.