Lola 2024-yilgi konsertini kinoteatrda premyera qiladi

E’lon qilingan sana· 912
Lola 2024-yilgi konsertini kinoteatrda premyera qiladi

Xonanda Lola oʻzining 2024-yilgi jonli konsertini “Cinematica” kinoteatrida premyera qiladi. Namoyish 2-fevral kuni 19:30 da, “Tashkent City Mall"dagi kinoteatrning “Avalon ATMOS” zalida boʻlib oʻtadi.

Kinoteatr saytida hozircha faqatgina bitta seans anonsi chiqarilgan. Chipta narxi — 200 000 soʻm.

Eslatib oʻtamiz, mazkur shou “FTV Music Awards 2024” va “Oʻzbegim 2024” taqdirlash marosimlarida yilning eng yaxshi konserti deb topilgan.