Toshkentning ba'zi koʻchalarida avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi

E’lon qilingan sana· 333
Toshkentning ba'zi koʻchalarida avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi

Shayxontohur tumanida yo‘l ta’mirlash va rekonstruksiya ishlari olib borilishi sababli Beruniy shoh ko‘chasining ba’zi yoʻnalishlarida avtomobillar harakati cheklanadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, quyidagi yo‘nalishlarida 29-yanvar, soat 23:00 dan — 30-yanvar, soat 02:00 gacha transportlar harakati cheklanadi:

  • Kichik halqa avtomobil yo‘li kesishmasidan Tinchlik ko‘chasi kesishmasigacha;
  • Tinchlik ko‘chasi kesishmasidan Kichik halqa avtomobil yo‘li kesishmasigacha.