Toshkentda hafta davomida havo isib boradi

3—7-fevral kunlari Toshkent shahrida kutilayotgan ob-havo maʼlumoti eʼlon qilindi.
Dushanba kuni kunduzi ob-havo oʻzgaruvchan boʻladi, harorat +10° gacha koʻtarilishi kutilmoqda. Kechasi sezilarli bulutli boʻlishi, “tutun hosil boʻlishi natijasida” koʻrishning pasayishi va haroratning -1° gacha tushishi kutilmoqda.
4-fevral kuni kunduzi havo harorati +10° gacha ko‘tariladi. Kechasi sezilarli bulutli boʻlishi, “tutun hosil boʻlishi natijasida” koʻrishning pasayishi va haroratning 0° gacha tushishi kutilmoqda.
Chorshanba kuni tushdan keyin sezilarli bulutlil boʻlishi kutilmoqda, havo harorati +11° gacha koʻtariladi. Kechasi bulutli boʻladi, “tutun hosil boʻlishi natijasida” koʻrishning pasayishi va +1° gacha tushishi kutilmoqda.
6-fevral kuni oʻzgaruvchan boʻlib, kunduzi +14° gacha koʻtarilishi kutilmoqda. Kechasi biroz bulutli ob-havo boʻlishi va +1° gacha tushishi kutilmoqda.
Juma kuni tushdan keyin oʻzgaruvchan bulutli boʻladi, havo harorati +15° gacha koʻtariladi. Shanba oqshomida tutun tufayli koʻrishning qisqarishi va +4° gacha tushishi kutilmoqda.