O‘zbekistonlik yigit “Spark”da Finlyandiyaga bordi

O‘zbekistonlik yigit o‘zining “Chevrolet Spark” rusumli avtomashinasida Finlandiyagacha yetib bordi, bu haqda Mirfayoz Mirboboyev 2-fevral kuni Instagram sahifasida ma’lum qildi.
Muallif yolg‘iz sayohat qiladi va O‘zbekistondan Shvetsiyaga yetib borish va ortga qaytishda 17 davlatdan o‘tishni rejalashtirgan: Qozog‘iston, Rossiya, Finlyandiya, Estoniya, Latviya, Norvegiya, Germaniya, Niderlandiya, Bolgariya, Ruminiya, Turkiya, Gruziya.
21-yanvar kuni e’lon qilingan sayohat oldidan O‘zbekistondan olingan videoda aytilishicha, sayohatchi bir o‘zi 22 ming kilometr yo‘l bosib o‘tishni rejalashtirmoqda. Blogerning aytishicha, u sayohatni o‘ttiz kunlik ta’tilda yakunlamoqchi va 2-fevral holatiga ko‘ra, u allaqachon 5500 kilometr yo‘l bosib o‘tgan.
“Men odamlarga faqat Toshkentda oʻtirish, mashinisini „navorot“ qilish emas, shunday qilish mumkinligini ham koʻrsatmoqchiman. Siz shunchaki tashqariga chiqishingiz va sayohat qilishingiz, dunyoni koʻrishingiz mumkin. Shuningdek, bunday sayohat qanchaga tushishi, yo‘lda qanday qiyinchiliklarga duch kelishi va qayerda qolish mumkinligini ko‘rsatmoqchiman”, — deydi bloger.