Samarqand noni geografik koʻrsatkich sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi

E’lon qilingan sana· 176
Samarqand noni geografik koʻrsatkich sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi

Samarqand viloyat adliya boshqarmasi va “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasining koʻmagi bilan 4-fevral kuni dunyoga mashhur “Samarqand noni” geografik koʻrsatkich sifatida Adliya vazirligi tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi, deya xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.

Ta’kidlanishicha, Adliya vaziri Akbar Toshqulov bugun Samarqand viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyevga “Samarqand noni” geografik koʻrsatkich hujjatini topshirdi.

Ma’lumot uchun, “Geografik koʻrsatkichlar toʻgʻrisida"gi qonunga koʻra, tovarni muayyan geografik obyekt hududidan kelib chiqqan tovar sifatida identifikatsiyalovchi belgi geografik koʻrsatkich deb eʼtirof etiladi. Unda tovarning sifati, nom qozonganligi yoki boshqa xususiyatlari uning geografik jihatdan kelib chiqishiga sezilarli darajada bogʻliq boʻladi.