"Buyuk Ipak yoʻli" metrosida hojatxona ochildi

E’lon qilingan sana· 302
"Buyuk Ipak yoʻli" metrosida hojatxona ochildi
Foto: Shohruh Haydarov / Gazeta.uz

13-fevral kuni Toshkent metropolitenining Buyuk Ipak yo‘li bekatida hojatxona hamda onalar va bolalar xonasi ishga tushdi, deb xabar bermoqda Gazeta.uz.

Ta’kidlanishicha, hojatxonadan foydalanish narxi — 3 ming so‘m, bu ma’lumotlar lavhasida yozib qoʻyilgan. Undan Ikkinchi jahon urushi faxriylari, nogironligi bor shaxslar, 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar, nafaqadagi fuqarolar, Chernobil falokati ishtirokchilari, shuningdek, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari bepul foydalana oladi. Buning uchun ma’lumotni tasdiqlovchi hujjat taqdim etilishi kerak.

Gazeta.uz'ning Toshkent metropoliteniga tayanib qoʻshimcha qilishicha, hozirda Amir Temur, Beruniy, Paxtakor bekatlarida ham hojatxona qurish ishlari davom etmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Toshkent metro bekatlarida hojatxonalar qurilishi haqida 2024-yilning noyabr oyida xabar berilgandi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling