Dam olish kunlari Toshkentda yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda
E’lon qilingan sana: · 697

15 va 16-fevral kunlari poytaxtda kutilayotgan ob-havo maʼlumotlariga koʻra, havo harorati noldan pastga tushmaydi.
Shanba kuni kunduzi bulutli havo harorati +9° gacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Kechqurun kuchli yomgʻir yogʻishi mumkin, tunda esa “tutun hosil boʻlishi natijasida” koʻrish imkoniyati pasayadi va harorat +1° gacha tushishi kutilmoqda.
Yakshanba kungi prognozga koʻra, yomgʻir yogʻishi (ehtimolligi 70%), ertalab qorga aylanishi mumkin. Kunduzi havo harorati +5° gacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Dushanbaga oʻtar kechasi bulutli ob-havo kutilmoqda, “tutun paydo boʻlishi natijasida” koʻrish imkoniyati pasayadi va harorat +1 ° gacha tushadi, deya xabar bermoqda sinoptiklar.