O‘zbekiston bo‘ylab “Biz donormiz!” aksiyasi o‘tkaziladi

“Yuksalish” harakati hududiy qon quyish markazlari bilan birgalikda 19−25-fevral kunlari O‘zbekistonning 14 ta hududida “Biz donormiz!” aksiyasini o‘tkazadi.
“Donor qoni har kuni qiyin ahvolga tushgan insonlar: og‘ir jarohat olgan bemorlar, YTH jabrlanuvchilari, onkologik kasalliklar va boshqa ko‘plab tashxislar tufayli qon quyish zarur bo‘lganlar hayotini saqlab qoladi. Qon zaxiralari muntazam yangilanib turishi kerak, shunda har qanday vaziyatda yordamga muhtojlarga ko‘mak berilishi mumkin”, — deyiladi tashkilot murojaatida.
Ta’kidlanishicha, o‘tgan yili “Biz donormiz!” butun mamlakat bo‘ylab 700 litrdan ortiq qon to‘plash imkonini bergan.
Aksiyada 18 yoshga to‘lgan va tibbiy tomondan cheklovlari bo‘lmagan har qanday fuqaro ishtirok eta oladi. Qon topshirishdan oldin shifokorlar tomonidan majburiy tekshiruv o‘tkaziladi, bu esa donorlikning sog‘liq uchun xavfsizligini ta’minlashga yordam beradi.
Donorlikka bo‘yicha nisbiy (vaziyatga qarab vaqtinchalik taqiqlar) va mutlaq (donorni doimiy ravishda donorlikdan chetlashtirish) cheklovlar mavjud. Ular bilan Respublika qon quyish markazining saytida tanishish mumkin.
Qon topshirishdan bir necha kun oldin yog‘li, qovurilgan va achchiq taomlardan saqlanish tavsiya etiladi. Qon topshirishdan kamida 48 soat oldin spirtli ichimliklar ichmaslik kerak. Qon topshirish kuni yaxshi uxlash va yengil nonushta qilish muhim. Jarayondan ikki soat oldin va keyin chekish mumkin emas.
Manzillar
- Andijon viloyati: 20-fevral,
10:00—13:00 , Viloyat qon quyish markazi; - Farg‘ona viloyati: 19−20-fevral,
10:00—13:00 , Farg‘ona shahri NNTlar uyi va Farg‘ona viloyati qon quyish markazi; - Buxoro viloyati: 19−20-fevral,
09:00—13:00 , Viloyat qon quyish stansiyasi; - Qoraqalpog‘iston Respublikasi: 20-fevral,
10:00—13:00 , Respublika qon quyish markazi; - Sirdaryo viloyati: 20-fevral,
09:00—12:00 , Viloyat qon quyish markazi; - Surxondaryo viloyati: 20-fevral,
09:00—13:00 , Surxondaryo viloyati qon quyish stansiyasi; - Namangan viloyati: 20-fevral,
09:00—14:00 , Namangan viloyati qon quyish markazi; - Samarqand viloyati: 20-fevral,
10:00—13:00 , Viloyat qon quyish stansiyasi, Urgut tumani “Ukrach” mahallasi, Urgut tumani “Sovgon” mahallasi, Urgut tumani “Taroqli” mahallasi; - Xorazm viloyati: 20-fevral,
09:00—13:00 , Viloyat qon quyish markazi; - Navoiy viloyati: 20-fevral,
09:00—13:00 , Viloyat qon quyish stansiyasi; - Toshkent viloyati: 20-fevral,
09:00—13:00 , Viloyat qon quyish stansiyasi; - Jizzax viloyati: 21-fevral,
09:00—13:00 , Viloyat qon quyish markazi; - Qashqadaryo viloyati: 25-fevral,
09:00—16:00 , Viloyat qon quyish markazi; - Toshkent shahri: 25-fevral,
9:30—13:00 , NNTlar uyi.