Meta butun sayyora bo‘ylab suv osti internet-kabelini oʻtkazadi

E’lon qilingan sana· 365
Meta butun sayyora bo‘ylab suv osti internet-kabelini oʻtkazadi

Meta kompaniyasi butun dunyo bo‘ylab 50 ming kilometr uzunlikdagi suv osti kabelini oʻtkazish rejasini e’lon qildi, deya xabar bermoqda BBC.

Texnologik gigantning ta’kidlashicha, “Uotervort” loyihasi AQSH, Hindiston, Janubiy Afrika, Braziliya va boshqa mintaqalarni bog‘laydi. U tarixdagi eng uzun suv osti kabeliga aylanadi.

Meta ijtimoiy tarmoqlardan tashqarida texnologiyalar sohasida, shu jumladan, sun’iy intellekt va uni qo‘llab-quvvatlovchi infratuzilma sohasida o‘z ishtirokini kengaytirishga intiladi.

Kompaniyaning ta’kidlashicha, kabel beshta asosiy qit’ani “sohaning yetakchi aloqasi” bilan ta’minlaydi va uning SI sohasidagi loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga yordam beradi.

“Loyiha iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga imkon beradi, raqamli texnologiyalarning tarqalishiga ko‘maklashadi va ushbu hududlarda texnologik rivojlanish uchun imkoniyatlar ochadi”, — deyiladi korporatsiya xabarida.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling