Xotira va qadrlash kuniga bagʻishlangan mushakbozlik qayerda boʻladi?
E’lon qilingan sana: · 448

Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan bayramona mushakbozlik qayerda o‘tkazilishi ma’lum boʻldi. Bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 80-yilligi hamda Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va munosib nishonlash to‘g‘risida"gi qarorida belgilab qo‘yildi.
Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan bayram mushakbozligi 2025-yil 9-may kuni soat 21:00 da “Yangi O‘zbekiston” istirohat bog‘ida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.