Hafta davomida havo harorati isib boradi

E’lon qilingan sana· 259
Hafta davomida havo harorati isib boradi

E’lon qilingan ob-havo maʼlumotlariga koʻra, 3−7-mart kunlari Toshkentda havo harorati kunduzi asta-sekin +15° gacha isiydi, 8-martga oʻtar kechasi yomgʻir yogʻishi mumkin.

Dushanba kuni ertalab qor yogʻishi kutilmoqda (qor ehtimoli 70%). Kun davomida “tutun hosil boʻlishi” va 0 ° dan yuqori boʻlmagan harorat tufayli koʻrish imkoniyati pasayadi. Kechasi havo biroz bulutli boʻlib, yogʻingarchilik kuzatilmaydi, “tutun hosil boʻlishi oqibatida” koʻrish imkoniyati pasayadi va harorat -4° gacha tushishi kutilmoqda.

4-mart kuni poytaxtda havo kunduzi biroz bulutli bo‘lishi, harorat +6° gacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Kechasi sezilarli bulutli boʻlishi va harorat -1° gacha tushishi kutilmoqda.

Chorshanba kuni tushdan keyin havo bulutli boʻlib, harorat +10° gacha koʻtarilishi kutilmoqda. Kechasi oʻzgaruvchan bulutli boʻlishi, tutun hosil boʻlishi oqibatida koʻrish pasayishi va harorat +1° gacha tushishi kutilmoqda.

6-mart kuni kunduzi havo biroz bulutli bo‘lib, harorat +15° gacha ko‘tariladi. Kechasi sezilarli bulutlili havo boʻladi, va harorat 6 ° gacha pasayadi.

Dam olish kunidan bir kun oldin sezilarli bulutli boʻlishi va harorat +15 ° gacha koʻtarilishi kutilmoqda. 8-martga oʻtar kechasi, prognozga koʻra, yomgʻir yogʻadi (yomgʻir ehtimoli 80%, yogʻingarchilik taxminan 6 mm). Havo harorati +4° gacha tushishi kutilmoqda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling