Toshkentda isitish mavsumi yakunlandi

E’lon qilingan sana· 89
Toshkentda isitish mavsumi yakunlandi

Toshkent shahrida bugun, 18-mart kuni isitish mavsumi yakunlandi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga qilinishicha, belgilangan me’yorlarga ko‘ra, isitish mavsumi o‘rtacha sutkalik havo harorati +8°C dan yuqori bo‘lgan 5 kunlik davr tugagan kunning ertasidan boshlab yakunlanadi.

Ma’lumot uchun, so‘nggi hafta davomida Toshkentda kunduz kunlari havo harorati +18−19°C va undan yuqori, kechalari esa +8°C dan pastga tushmayapti.

Gidrometeorologiya markazining prognoziga ko‘ra, yaqin 5 kun ichida kunduzgi havo harorati +20−22°C, kechasi esa +10°C dan yuqori bo‘ladi.

Ayni paytning oʻzida ham poytaxtda o‘rtacha sutkalik harorat +12−13°C dan oshgan, bu isitish mavsumini yakunlash uchun belgilangan me’yorlarga mos keladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, 2024−2025-yillardagi isitish mavsumi rasman 2025-yil 18-martda yakunlanadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling