Shayhontohur tumani koʻchalarning birida harakat vaqtincha cheklandi

E’lon qilingan sana· 333
Shayhontohur tumani koʻchalarning birida harakat vaqtincha cheklandi

Poytaxtning Shayhontohur tumani Shofayzi koʻchasining bir qismi 1-mayga qadar mashinalar harakati uchun yopiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, bunga “Daryo Boʻyi Business City” loyihasi doirasida Janggoh, Chuqurko‘prik va Zaxariq ochiq kollektorlarining yopilishi, shuningdek, avtomobil yo‘li, yashil hududlar, piyodalar va velosiped yo‘laklari barpo etilishi sabab boʻlgan.

Hokimlik noqulayliklar uchun uzr so‘rab, yuzaga kelishi mumkin tirbandliklarning oldini olish uchun haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanishlarini tavsiya qildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling